Kompyuterda, telefonda yoki planshetda o‘yin o‘ynashni va 3D multfilmlarini tomosha qilishni yoqtirishingiz shubhasiz. Ularning qanday yaratilishini bilasizmi? Buning uchun dasturlar, ya’ni kompyuterga qahramonlarning ekran bo‘ylab harakatlanishini buyuruvchi buyruqlar to‘plami kerak bo‘ladi.
Endi esa – eng muhimi. Bunday dasturlarni o‘zingiz yaratishingiz mumkin! O‘z qahramonlaringiz ishtirok etuvchi o‘yinlarni o‘ylab topish, multfilmlarni chizish – xohlagan narsangizni qilishingiz mumkin. Ushbu maqsadda bolalar uchun maxsus Scratch dasturlash muhiti yaratilgan. Dasturlarni yig‘ish qulay bo‘lishi uchun, undagi barcha buyruqlar rangli blokli belgilar ko‘rinishida tasvirlangan. Bu “Lego” konstruktoriga o‘xshashdir. Shunchaki kubikchalarni olasiz va murakkab dastur yoki o‘yinni bir joyda yig‘asiz.
Kelinglar, dasturlashning g‘aroyib olamiga birgalikda yo‘lga tushamiz!
Kirish.
Scratch bu nima.
Asosiy algoritmik konstruksiyalar.
Scratch dasturi interfeysi bilan tanishish.
Sahna.
Fonni tahrirlash.
Fayldan fonni qo‘shish.
Spraytlar tushunchasi.
Yangi spraytlarni qo‘shish.
Yangi obyektlarni chizish.
Moviy quti – harakat buyruqlari.
To‘q yashil quti – chizish buyruqlari.
Binafsha rang quti – obyektning tashqi ko‘rinishi.
Kostyumlarni qo‘shish yordamida obyektni jonlantirish.
Sariq quti – nazorat.
Och binafsha rang quti – ovozlarni qo‘shish.
Dasturlarda shartli operatorlarni qo‘llash.
Sikllarning ishlash funksionalligi.
Belgilangan shartlarga ko‘ra harakatlarni bajarish sikllari.
Yashil quti – operatorlar.
Boshqaruv bloklari bilan birga arifmetik va mantiqiy bloklarni qo‘llash.
Voqealar.
Olov rang quti - o‘zgaruvchilar.
Ro‘yxatlar.
Ko‘k quti – sensorlar.
Ma’lumotlarni kiritish-chiqarish.
Skriptlarning ketma-ket va parallel bajarilishi.
Spraytlar o‘rtasidagi o‘zaro aloqa.
Xabarlar almashish orqali boshqarish.
Kompyuter o‘yinlari turlari.
Dastur listingini algoritmik ishlab chiqish.
O‘yin uchun boshlang‘ich spraytlarni ishlab chiqish.
Boshlang‘ich skriptlarni shakllantirish.
Turli spraytlar uchun skriptlar ishini sinxronlashtirish.
Bir sahnadan boshqasiga o‘tish. O‘yin interfeysini yaratish.
Internetdagi Scratch hamjamiyati.
Loyihalarni ko‘rish va nashr qilish.
Ijodiy loyihani ishlab chiqish va himoya qilish
Dasturlash bu san'atdir, chunki u mavjud bilimlarni amaliy qo'llaydi, u yaratuvchanlik va tajribalarni talab etgan holda go'zallikni yaratadi.
O'rganishni boshlang Biz bilan bog'laning