Cisco (“Tsisko” yoki “Tsiska”) — bu AQShdagi Cisco Systems IT-korporatsiyasining taniqli brendi (bu nom 1984 yilda San-Fransisko qisqartmasidan olingan), ushbu brend ostida butun dunyo bo‘ylab tarmoq marshrutizator (router)lari, kommutator (switch)lari, simsiz qurilmalari, video kuzatuv tizimlari va yana boshqa turdagi tarmoq qurilmalari ishlab chiqariladi.
📌 Axborot texnologiyasi olami uchun Cisco'ning ahamiyati qanday deysizmi? Ha, bu tarmoq uskunalarining umume’tirof etilgan qirolidir.
🔹 Kompaniya faoliyati doimiy ravishda kengayib, IT sanoatining tobora ko‘proq yangi yo‘nalishlarini qamrab olmoqda. Cisco hamkorlikda ishlash va korporativ tarmoqlar uchun xavfsizlik tizimlari, Internetga asoslangan telefoniya, bulutli tizimlar va boshqa ko‘plab yechimlarni taklif etadi. Buyumlar Interneti (Internet of Things, IoT)ni rivojlantirishda ishtirok etadi, o‘quv dasturlarini olib boradi va kommunikatsiya texnologiyalari muhandislari uchun eng talab qilinadigan ko‘p darajali va qat’iy sertifikatlash tizimlaridan birini taklif etadi.