Barcha dasturlar mantiq poydevori ustiga qurilgan. Ular qandaydir ma’lumotlarni qabul qiladi, hisoblashlar olib boradi va, natijaga ko‘ra yana nimanidir amalga oshiradi. Masalan, mana bu internet-do‘koni aksiyasi kodiga e’tibor bering:
$cost = $position['cost'];
$costMessage = "Narxi: ".$cost;
if($position['type'] == $sale['type']) { //Ushbu turdagi tovarlar aksiyada ishtirok etayotganligini tekshiramiz
if($date <= $sale['last_date']) { //Aksiyaning amal qilish muddati tugagan-tugamaganligini tekshiramiz
$cost *= 0.7; //Narxni 30 foizga pasaytiramiz
$costMessage = "Eski narxi: ".$position['cost']." | Yangi narxi: ".$cost." (30% foyda)";
}
}
echo $costMessage;
Kodda ikki mantiqil amal keltirilgan: birinchisi aksiyaning mahsulotgan nisbatan to‘g‘ri kelish-kelmasligini tekshirsa, ikkinchisi — uning amal qilish muddati o‘tgan-o‘tmaganligini tekshiradi. Natijaga ko‘ra narx va chiqariluvchi xabar o‘zgaradi. Bu shunchaki kichik bir misol, real dasturlarda mantiq juda ko‘p qo‘llaniladi, shuning uchun uni hech bo‘lmaganda bazaviy darajada qo‘llay bilish muhimdir.