Kompyuter texnologiyalarini noldan o‘rganish imkoniyati mavjud 20.07.2018

Kompyuter texnologiyalarini noldan o‘rganish imkoniyati mavjud

Dunyo aholisining uchdan bir qismigina axborot texnologiyalari(AT)dan to‘g‘ri foydalana oladi. Bugungi axborot texnologiyalari asrida har bir soha vakili IT bo‘yicha kerakli ko‘nikmalarga ega bo‘lish kerak, chunki har qanday davlat va kompaniya rivojlanishida bu sohaning o‘rni beqiyos.

Hozirgi kunda yurtimizda axborot texnologiyalariga bo‘lgan talab yoshlar va aholi o‘rtasida kompyuter savodxonligini oshirishni birlamchi vazifa qilib qo‘ydi. Ularda aniq fanlarni o‘zlashtirishda Xorazmiy, Beruniy, Mirzo Ulug‘bek kabi dunyo tan olgan allomalarimizning geni bor. Ammo qobiliyatning o‘zi yetarli emas. Uni yuzaga chiqarish kerak. Buning uchun esa bolalarda yoshligidanoq axborot texnologiyalariga oid bilim va ko‘nikmalarni shakllantirish, farzandlariga to‘g‘ri yo‘l ko‘rsatuvchi katta yoshlilarning esa kompyuter savodxonligini oshirish zarur. Bunda o‘zbek tilidagi qo‘llanma va videodarsliklarning o‘rni beqiyos.

Shu maqsadda bir guruh yosh mutaxassislar «IT-master» nomli AKT bilimlarini tez va oson o‘rgatuvchi o‘quv dasturlari majmuasini yaratishni o‘z maqsad qilib qo‘ydilar.

Ushbu o‘quv kompleksi 200 dan oshiq videodars hamda maxsus internet portaldan tashkil topadi va quyidagi mavzularni qamrab oladi:

  • axborot texnologiyalari va ularning ahamiyati;
  • kompyuter va uning qurilmalari;
  • kompyuterda ishlash asoslari;
  • ofis dasturlari;
  • internet, elektron pochta, ijtimoiy tarmoqlar, internet servislar;
  • axborot xavfsizligi va internetda xavfsiz ishlash asoslari;
  • elektron hukumat va davlat interaktiv xizmatlaridan foydalanish;
  • mobil qurilmalar, mobil ilovalar, ulardan samarali foydalanish;
  • maxsus amaliy dasturlarda boshlang‘ich ishlash; 
  • ilg‘or axborot texnologiyalariga kirish;
  • dasturlash asoslari.

«IT-master» dasturi yoshlarga soha bo‘yicha tushuncha berish bilan bir qatorda, ularning boshlang‘ich kompyuter savodxonligi bo‘yicha bilimlarini oshiradi. Internetda keng tarqalgan, ijtimoiy-axloqiy me’yorlarga zid bo‘lgan negativ axborotlarni farqlash, ulardan saqlanish, internetdan xavfsiz va unumli foydalanish ko‘nikmalarini beradi. 

Bundan tashqari ushbu loyihada dasturlash asoslari hamda kompyuter grafikasi bo‘yicha boshlang‘ich videodarslar yaratish ko‘zda tutilgan. Ushbu darslarni o‘zlashtirganlar professional AT-mutaxassis bo‘lish uchun boshlang‘ich ko‘nikmalarga ega bo‘lishadi. Keyingi bosqichda esa veb-dasturlash, mobil ilovalar yaratish, 3D grafika va dizayn, kompyuter animatsiyasi, FX va motion grafika kabi aniq yo‘nalishlar bo‘yicha mustaqil bilim olishlari mumkin bo‘ladi.

Loyihaning maqsad va vazifalari haqida ushbu rolik orqali batafsil ma’lumot olish mumkin.

Tajriba tariqasida tayyorlangan «Mikroprotsessorlar» mavzusidagi videodarsni ham ko‘rib chiqishingiz mumkin.

Bu loyihani amalga oshirish va videodarsliklarni yaratishda o‘nga yaqin mutaxassis, video/audio yozish qurilmalari, grafik-montaj kompyuterlari talab qilinadi. Loyihani qo‘llab-quvvatlovchilar hamkorlikka taklif etiladi (info@activemedia.uz; +99890 997 91 14), loyiha bo‘yicha fikr-mulohaza, savollaringiz bo‘lsa, quyida izoh qoldirishingiz mumkin. 

Javaharlal Neru nomidagi
O'zbek-Hind axborot texnologiyalari markazi

Dasturlash bu san'atdir, chunki u mavjud bilimlarni amaliy qo'llaydi, u yaratuvchanlik va tajribalarni talab etgan holda go'zallikni yaratadi.

O'rganishni boshlang Biz bilan bog'laning