Biz rebrending qildik, ya’ni markazimiz nomi va uning yo‘nalishidan kelib chiqqan holda logotipni yangiladik.
✅ Yangi logotip O‘zbekiston va Hindistonning hamohangligini, ikki davlatga xos tarixiy me’morchilik yechimi bo‘lmish ravoq shakllarini, dasturlash tilida keng qo‘llanuvchi figurali qavsning yotiq shaklini va yuksalish ramzlarini o‘zida mujassam etgan.
😊 Rebrending nafaqat yangicha logotipni, balki markazimizda yangi imkoniyatlar paydo bo‘lganini, yangicha yondashuvda darslar olib borilishini ham ko‘zda tutadi.
Markazimizga tashrif buyuring, yangi imkoniyatlardan foydalaning.